Xorazmdagi noqonuniy sexdan 17 tonna neft topildi
Jamiyat
−
21 fevral 2019
5850Xorazm viloyati Xonqa tumanida noqonuniy faoliyat olib borgan sexda ko‘p miqdorda neft mahsuloti topildi. Norasmiy tajbirkorlik Xorazm viloyati Davlat soliq boshqarmasining huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbiri vaqtida aniqlangan.
Xonqa tumani “Olaja” qishlog‘i “Oydin Hayot” mahallasidagi noqonuniy sexda 17 tonna neft topilgan. Ushbu maxfiy sex ko‘zdan kechirilganda “Yangi turmush” mahallasida yashovchi H.B. bu yerda bitum mahsulotini ishlab chiqarayotganligini biroq sexga tegishli hech qanday hujjatlar yo‘qligini ma’lum qilgan.
Pirovardida, qonuniy tartibda dalolatnoma tuzilib, xolislar ishtirokida yashirin sexda mavjud bo‘lgan 16 turdagi, umumiy qiymati 35 mln 893 ming so‘mlik tovar-moddiy boyliklar ashyoviy dalil sifatida vaqtincha olib qo‘yilgan.
Ushbu holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar tegishliligi bo‘yicha Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Xonqa tumani bo‘limiga yuborilgan.
LiveBarchasi