+14. Koronavirusdan sog‘ayganlar soni oshdi
Jamiyat
−
05 may 2020
8958Samarqand viloyatida 10 nafar, Toshkent shahridagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 4 nafar, jami 14 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor butunlay sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Samarqandda tuzalganlarning barchasi ushbu viloyatdan (8 nafari Toyloq tumanidan, Samarqand shahri va Bulung‘ur tumanidan 1 nafardan) bo‘lib, koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olishgan. Ularning eng yoshi kattasi 48 yoshda, eng yoshi kichigi esa 16 yoshda. Viloyatda shu paytga qadar 24 nafar bemor tuzalgan bo‘lsa, endilikda ular 34 nafarni tashkil qilmoqda.
Shuningdek, poytaxtdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida sog‘ayganlarning 3 nafari Toshkentdan, 1 nafari esa Toshkent viloyatidan bo‘lib, ular ham koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Ularning 2 nafari erkak, 2 nafari ayol bo‘lib, eng yoshi kattasi 50 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 6 yoshda. Ayni paytda Toshkent shahrida tuzalganlar 459 nafarga yetdi.
Hozirda mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar 1454 nafarni tashkil etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtgacha koronavirus yuqtirganlar 2189 nafarni tashkil qilyapti. Bugungacha bemorlarning 10 nafari vafot etgan.
Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor
LiveBarchasi