Nihoyat Arqadag‘ ham Lukashenkoga tabrik yo‘lladi

Olam

image

Yana bir bor Belarus Prezidenti kursisini egallab, oltinchi bor qasamyod qabul qilgan Lukashenkoni Markaziy Osiyo mamlakatlari rahbarlari orasida faqat Turkmanistonning 13 yillik Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov tabriklamagan edi. Va nihoyat Arqadag‘ Lukashenkoga tabrik maktubini yo‘lladi. 

Xabaringiz bor, kecha, 23 sentyabr kuni Aleksandr Lukashenko imi-jimida inauguratsiya marosimini o‘tkazdi. Tadbirdan keyin  27 ta Yevropa davlatlari Lukashenkoni Belarusning qonuniy prezidenti sifatida tan olishdan bosh tortdilar. Slovakiya YeI davlatlaridan birinchi bo‘lib Lukashenkoni prezident sifatida tan olmasligi to‘g‘risida bayonot bilan chiqdi. So‘ngra Chexiya, Litva, Polsha, Latviya, Estoniya, Buyuk Britaniya, Kanada, Daniya ham xuddi shunday pozitsiyani bildirdi. 

Oradan sal o‘tib, GFR Vazirlar Mahkamasi rasmiy vakili Shteffen Zaybert kansler Angela Merkel tomonidan ham Lukashenko nomiga tabrik telegrammasi yuborilishiga umid qilish xatoligini aytdi. Berlinning rasmiy pozitsiyasiga ko‘ra, Belarusda bo‘lib o‘tgan saylovlar "demokratik saylovlarning minimal talablariga mutlaqo mos ravishda o‘tmagan". Bundan tashqari, Germaniya Lukashenko va uning apparati tinch namoyishchilarga qarshi zo‘ravonlikni qo‘llashni bas qilishlari lozimligini qayd etgandi.

YeI davlatlari Belarusga nisbatan sanksiyalar kiritishga kelishdilar.

Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov Yevropa davlatlariga qarshi chiqdi va MDH mamlakatlari orasida birinchi bo‘lib Lukashenkoga tabrik yo‘lladi. Lukashenkoni Prezident sifatida, shuningdek, Rossiya, Xitoy, Turkiya, Suriya, Qozog‘iston va Qirg‘iziston tan olgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham 10 avgust kuniyoq Lukashenkoni saylovdagi g‘alabasi bilan tabriklagan edi. 

Sal keyin Ukraina va AQSH ham Belarusda bo‘lib o‘tgan prezident saylovlari natijalarini tan olmasliklari haqida bayonot bilan chiqishdi.

O‘z navbatida, prezidentlikka sobiq nomzod Svetlana Tixanovskaya hozirda o‘zini Belarus xalqi tomonidan saylangan "yagona yetakchi" deya atamoqda.

Inauguratsiya yashirin tarzda o‘tkazildi. Hukumat marosim haqida avvaldan xabar bermadi. Unda xorijiy mamlakatlardan jurnalistlar, mehmonlar va diplomatik vakillar taklif qilinmagan. Davlat televideniyesi ham inauguratsiya jarayonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri efir olib bermadi.

Rossiya "maxfiy inauguratsiyaga" bu Belarusning ichki ishi, deya izoh bergan.

Eslatib o‘tamiz, MSK ma’lumotlariga ko‘ra, Lukashenko bo‘lib o‘tgan prezident saylovlarida 80,1%  ovoz olgan.

23 sentyabr kuni o‘tgan inauguratsiya marosimidan keyin, mamlakat poytaxti Minsk va boshqa shaharlarda yana norozilik namoyishlari avj oldi.


Maqola muallifi

Teglar

Gurbanguli Berdimuhamedov Belarus' Aleksandr Lukashenko

Baholaganlar

82

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing