Gvardiolaning barcha katta murabbiylar kabi o‘z injiqliklari bor – Davron Fayziyev

Sport

image

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot va media departamenti rahbari Davron Fayziyev Angliyaning “Manchester Siti” klubi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. 

“Pep Gvardiolaning barcha katta murabbiylar kabi o‘z injiqliklari bor. U total boshqaruvni yaxshi ko‘radi, shu yo‘l bilangina yutuqqa erishishiga ishonadi. Bu masalada unga to‘siqqa aylanishi mumkin bo‘lgan har qaysi yulduzli, talantli, lider va buyuk futbolchidan voz kecha oladi. Faoliyati davomida misollar ko‘p. Hammasimasu, ko‘pi to‘g‘ri qaror bo‘lib chiqqan”, deydi Fayziyev.

Ma’lumot uchun, 52 yoshli Gvardiola 2016 yildan buyon “Manchester Siti”ni boshqarib kelmoqda. Faoliyati davomida Xosep “Barselona” va “Bavariya” kabi grand jamoalarni boshqargan.


Maqola muallifi

Teglar

Davron Fayziev Gvardiola

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing