Gvardiola “Real” bilan o‘yinga tayyorlanmayapti

Sport

image

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Yevropa Chempionlar ligasi chorak finali doirasida “Real Madrid”ga qarshi bahs oldidan o‘yinga tayyorgarlik haqida jurnalistlar bergan savolga javob berdi.

“Hozir “Real” bilan o‘yin haqida o‘ylamayapman. Agar biz Premer-ligada yana 18 ochkoga ega bo‘lganimizda, men bor e’tiborimni “Real”ga qarshi o‘yinga qaratgan bo‘lardim. Biz APLda 3-o‘rindamiz va 1-o‘rindagi jamoa bilan farq unchalik katta emas, ammo ochko yo‘qotsak, chempionlikni qo‘lga kiritish deyarli imkonsiz bo‘ladi. To‘qqiz oydan beri jang qilamiz, nega endi chalg‘ishimiz kerak?”, deydi Gvardiola.

Ma’lumot uchun, “Manchester Siti” Angliya Premer ligasi turnir jadvalida 31-turdan so‘ng 67 ochko jamg‘argan holda “Liverpul” va “Arsenal”dan keyin 3-o‘rinda bormoqda. “Real”ga qarshi dastlabki bahs 10 aprelga o‘tar kechasi 00:00 da start oladi.


Maqola muallifi

Teglar

Manchester Siti Xosep Gvardiola Evropa Chempionlar ligasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing