Gvardiola “Man Siti”ning bir qator yulduzlari bilan xayrlashmoqchi

Sport

image

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoaning uchta asosiy futbolchisi bilan birdaniga xayrlashishga qaror qildi. Bu haqda “El Nacional” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, ispaniyalik mutaxassis klubda keng ko‘lamli qayta qurishni rejalashtirmoqda va Kevin De Bryuyne, Bernardu Silva va Ilkay Gyundoganning sotilishi bu jarayonni tezlashtirishga yordam beradi, deb hisoblamoqda.

Hatto Fil Fodenning kelajagi so‘roq ostida, unga “Real” va “Bavariya” qiziqish bildirmoqda. 150 million yevrolik taklif ingliz klubini ham u bilan xayrlashishga majbur qilishi mumkin.

Qayd etish joiz, Gvardiola yaqinda klub inqirozi davom etayotganiga qaramay, “Manchester Siti” bilan shartnomasini uzaytirdi. Ayni damda ispaniyalik murabbiy jamoasi APLda peshqadam “Liverpul”dan 16 ochko ortda qolib, 4-o‘rinda bormoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Manchester Siti Xosep Gvardiola

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing