Gvardiola Husanovning “Liverpul”ga qarshi o‘yini haqida nimalar dedi?

Sport

image

Abduqodir Husanov “Liverpul”ga qarshi tez va tartibli o‘yin ko‘rsatdi. Bu haqda “Manchester Siti” klubi bosh murabbiyi Pep Gvardiola  o‘yindan keyingi matbuot anjumanida aytdi.

“U Madridda ham yaxshi harakat qilgandi. “Santyago Bernabeu”dagi o‘yinda o‘ng qanotda harakat qildi va Vinisiusga qarshi yaxshi o‘yin ko‘rsatdi. Bugun ham u xuddi shunday tez va intizomli harakat qildi. Rivojlantirishi kerak bo‘lgan xislatlar ham bor, biroq u juda qobiliyatli futbolchi”, deydi Gvardiola.

Ma’lumot o‘rnida, kecha, 23 fevral kuni APL 26-turi doirasida “Manchester Siti” o‘z uyida “Liverpul”ni qabul qilib, 2:0 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Ushbu o‘yinda Abduqodir Husanov asosiy tarkibda maydonga tushdi va to‘liq 90 daqiqa o‘ynadi.

Eslatib o‘tamiz, o‘zbekistonlik futbolchi “Liverpul”ga qarshi o‘yinda “Sofascore” tomonidan 7.2 ballga loyiq ko‘rilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Manchester Siti Pep Gvardiola Abduqodir Husanov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing