Husanovning “Liverpul”ga qarshi o‘yini qanday baholandi?
Sport
−
24 fevral 21804 1 daqiqa
“Sofascore” “Manchester Siti” - “Liverpul” o‘yini uchun futbolchilarga qo‘yilgan ballarni e’lon qildi.
Unga ko‘ra, “shaharliklar” safida to‘liq 90 daqiqa maydonda harakat qilgan o‘zbekistonlik futbolchi Abduqodir Husanov 7.2 ballga loyiq ko‘rildi va jamoasining eng yaxshi futbolchilaridan biri bo‘ldi.“Manchester Siti”da yuqori ballni Doku oldi, u 8 ballga loyiq ko‘rildi.
Mazkur bahsda eng yuqori ballni “Liverpul” yetakchisi Muhammad Saloh oldi va u 9 ballga loyiq ko‘rilgan. O‘yinda eng past bahoga mehmonlar himoyachisi Trent Aleksandr Arnold oldi va u 6.3 bahoga loyiq ko‘rildi.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 23 fevral kuni APL 26-turidan o‘rin olgan bahsda “Manchester Siti” o‘z uyida “Liverpul”ni qabul qilib, 2:0 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Uchrashuvda o‘zbekistonlik futbolchi Abduqodir Husanov asosiy tarkibda maydonga tushdi va to‘liq 90 daqiqa o‘ynadi.