Gvardiola Husanovni maydonga tushirish xato qaror bo‘lganini aytdi

Sport

image

“Manchester Siti” klubi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Angliya chempionati 23-turi doirasidagi “Chelsi” bilan o‘yinda o‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanovni asosiy tarkibda maydonga tushirish noto‘g‘ri qaror bo‘lganini tan oldi. Bu haqda u klub matbuot xizmatiga bergan intervyusida aytdi. 

“U yangi mamlakatga kelgan. Jamoadoshlari bilan ko‘p muloqot qilmasdan, mashg‘ulotlarsiz, talablarimizni to‘liq bilmagan holda Angliya chempionatida "Chelsi"ga qarshi o‘ynash oson ish emas. Bunday holatda debyut qilish oson ish emas. Husanovning qanday vaziyatga tushganini tasavvur qilish qiyin”, deydi Gvardiola.

Qayd etish joiz, “Chelsi”ga qarshi o‘yinda 20 yoshli futbolchi 52 daqiqa maydonda harakat qildi. U uchrashuvning boshida qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydi va bundan raqiblar unumli foydalanib, gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq shaharliklar himoyachisi Manuel Akanji “Chelsi”ga qarshi o‘yin davomida Husanovni ruhlantirib turganini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Manchester Siti Gvardiola Husanov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing