G‘uzorda Damas gazovoz bilan to‘qnashdi

Jamiyat

image

Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumanida yuz bergan yo‘l-transport hodisasida bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi ma’lum qildi.

YTH joriy yilning 22 dekabr kuni soat 01:00 larda G‘uzor tumani hududidan o‘tgan M-39 “Toshkent-Termiz” avtomobil yo‘lining 1249-km.da yuz bergan. Haydovchi G‘uzor tumanida yashovchi, 1962 yilda tug‘ilgan B.N. Damas rusumli avtomobilida quvib o‘tish qoidasini buzgan holda yo‘lning qarama-qarshi yo‘nalishiga o‘tib ketgan va qarshisidan harakatlanib kelayotgan, haydovchi Surxondaryo viloyati Termiz tumanida yashovchi, 1965 yilda tug‘ilgan J.B. boshqarib ketayotgan MAN rusumli yuk avtomobili bilan to‘qnashgan.

YTH natijasida, Damas rusumli avtomobil haydovchisi B.N. voqea joyida halok bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Qashqadaryo

Baholaganlar

71

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing