G‘uzorda 42 yoshli erkak ko‘chadan o‘lik holda topildi
3-sahifa
−
16 dekabr 2021
12420Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumanida 42 yoshli erkak ko‘chadan o‘lik holda topilgani haqida xabar tarqalgandi. Marhumning yaqinlari bu qotillik ekanini aytayotgani ma’lum qilingandi.
Bosh prokuratura Matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov mazkur holat bo‘yicha ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, 42 yoshli erkakning o‘limiga aniqlik kiritish maqsadida G‘uzor tumani prokuraturasi tomonidan qo‘shimcha ravishda tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.
Qashqadaryo viloyati prokuraturasi tomonidan tekshirish ustidan nazorat o‘rnatilgan.
BP vakili o‘rganish natijalari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berilishini ta’kidlagan.