Go‘zal yoxud “makiyaj”siz tanish qiyin bo‘lgan yulduzlar (foto)
Madaniyat-san’at
−
11 fevral
21295Pardoz shunday narsaki, u insonni bir qiyofadan boshqasiga “180 gradus”ga o‘zgartirib yuborishi mumkin. Shou - biznes olami vakillari esa omma oldida hamisha go‘zal, benuqson bo‘lib ko‘rinishga harakat qilishadi. Ammo shunday yulduzlar borki, ular o‘zlarining asl husnini ijtimoiy tarmoqlarga joylashdan qo‘rqmaydi.
Omma oldiga pardozsiz ko‘rinish bergan mashhur yulduzlarning “makiyajsiz” ko‘rinishini “Telehealthdave” nashri taqdim etdi. Xo‘sh, siz ularni tanirmikansiz?
1. Beyonse
90-yillarda mashhur “Destiny’s Child” triosi a’zosi bo‘lgan Beyonse guruh tarqalib ketganidan so‘ng ham ijoddan to‘xtamadi. U yakkaxon tarzda faoliyat yurita boshladi. Bundan tashqari, xonanda “Pushti pantera”, “O‘ylangan”, “Orzular qizi” kabi filmlarda ham suratga tushdi.
Beyonse reper Shon Karter Jey Zi bilan turmush qurgan va hozirda ularning uch nafar farzandi bor.
2. Shakira
Muxlislarining fikricha, Shakira pardoz-andozsiz ham go‘zal ko‘rinadi. Shakira “Grammy”, “Lotin Music Awards” va MTV, “Billboard” va boshqa ko‘plab mukofotlar sohibasi. U butun dunyo bo‘ylab 75 milliondan ortiq albomidan yaxshigina daromad ko‘rgan va bu rekord sifatida qayd etilgan.
3. Ledi Gaga
Ledi Gaga shou-biznesdagi g‘ayrioddiy inson va urishqoq qo‘shiqchi sifatida tez-tez e’tibor markaziga tushadi. U sahna yuzini ko‘rgandan beri butun dunyo bo‘ylab musiqa ixlosmandlarining muhabbatiga sazovor bo‘ldi. Uning muvaffaqiyatli albomlari orasidan “Thye Fame”, “Joanne”, “Chromatica va Born This Way” kabilar o‘rin olgan. Ledi Gaganing butun dunyo bo‘ylab 124 milliondan ortiq albomlari sotiladi. Uning hozirgi boyligi taxminan 275 million dollarga baholanmoqda.
Qo‘shiqchining ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘lgan makiyajsiz selfisi, ko‘pchilikni hayratga soldi. Chunki uning pardozsiz ko‘rinishida tanish qiyinov.
4. Jennifer Lopez
Lopez o‘z karerasini "Living Color" shousida aktyorlikdan boshlagan. Yulduzning bir qator mashhur filmlari bo‘lib, "Anaconda” va “Hustlers” shular jumlasidandir. Jennifer taxminan 400 million dollarlik boylikka ega bo‘lgan mohir ishbilarmon ayol hisoblanadi.
Lopez doimo kamera qarshisida go‘zal ko‘rinishga harakat qilgan va shunday ham bo‘lgan. Shu bilan birga u omma oldiga pardozsiz chiqishdan ham qochmagan.
5. Selin Dion
“Titanik” filmiga olingan saundtreki bilan mashhur bo‘lgan Selin Dion muxlislari qarshisiga hamisha pardoz bilan chiqishni odat qilgan. Asrning eng buyuk qo‘shiqchilaridan biri bo‘lsa-da, u yanada go‘zal ko‘rinishi uchun yuzni parvarish qilish vositalaridan foydalanadi.
6. Anjelina Joli
Anjelina Joli kino sanoatida nafaqat o‘zining iste’dodi, balki go‘zal ko‘rinishi bilan ham qalblarni zabt etgan. O‘z iste’dodi tufayli u bir nechta mukofot va nominatsiyalarini qo‘lga kiritdi, jumladan, “Oltin globus”, “Oskar" mukofotining sovrindori bo‘ldi.
7. Janet Jekson
52 yoshli qo‘shiqchi Janet Jekson pop qiroli Maykl Jeksonning singlisi sifatida shuhrat qozondi. Uning mashhur albomlar ansambli "All For You", "Rythm Nation 1814", "The Velvet Rope" va "Janet" va boshqalardan iborat. U o‘z karerasi davomida umrining oxirigacha yetadigan mol-mulk jamg‘ardi. Janet begonalarning oldida pardoz-andozsiz ko‘rinish berishni xushlamaydi. Uni ko‘z qalamlari va lab bo‘yog‘isiz ko‘rganda tanish qiyin. Biroq Janet 52 yosh bo‘lishiga qaramasdan hali ham uni navqiron ko‘rinishda bo‘lib, maftunkorlik uni tark etmagan. 2017 yilda Janet Jekson farzandli bo‘ldi, ammo eri Vissam al-Mana bilan turmushi uzoqqa cho‘zilmadi.
8. Kayli Jenner
Internetda Kayli Jennerning hech qanday pardozsiz selfisi tarqaldi. Muxlislari bu suratga ijobiy izohlar qoldirishgan. Ularning fikricha, Kayli “makiyajsiz” ham benuqson husn egasi. Jennerning aytishicha, bunday ko‘rinishga erishish uchun muntazam ravishda teri parvarishi zarur. Hozirgi kunda u o‘zining "Kayli" deb nomlangan kosmetik biznesi bilan shug‘ullanmoqda va shuning ortidan "Forbes"da dunyodagi eng yosh milliarder sifatida ro‘yxatga olingan.
9. Kim Kardashyan
Kim Kardashyan hamisha ommaga ideal pardoz bilan ko‘rinish bergan. Shunday bo‘lsa-da uning pardozsiz olingan rasmlari ham yo‘q emas. Kuzatuvchilar va ekspertlarning fikricha, yulduz yuzidagi nuqsonlarini yo‘qotish uchun bir necha bor plastik jarrohlik amaliyotini o‘tkazgan. Realiti-shou yulduzi esa hech qachon buni tan olmaydi.
10. Kardi Bi
Shou-biznesda o‘zining noan’anaviy yo‘nalishiga ega Kardining biz hozirgacha ko‘rgan barcha suratlari va videolari pardoz-andozlar mahsuli edi. Yaqinda u Instagram’dagi sahifasida o‘zining “makiyaj”siz videosini joylashtirdi. Bo‘yoqlarsiz u butunlay boshqacha qiyofada ko‘rinadi. Kardining aytishicha, u sun’iy kosmetika mahsulotlaridan foydalanmaslikni afzal ko‘radi.
Rayhona Ulkanbayeva tayyorladi
LiveBarchasi