Guterrish ikkinchi muddatga BMT bosh kotibi etib tayinlandi

Olam

image
0:00
0:00
download

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh assambleyasi bugun, 18 iyun kuni Antoniu Guterrishni ikkinchi muddatga tashkilotning bosh kotibi lavozimiga tayinladi. Tegishli qarorni BMT Bosh assambleyasining 75-sessiyasi raisi Volkan Bozkir yig‘ilishda e’lon qildi.

“Antonio Guterrishning BMT Bosh kotibi etib 2022 yil 1 yanvardan 2026 yil 31 dekabriga qadar ikkinchi muddatga tayinlanganligini e’lon qilish sharafiga muyassar bo‘ldim”, degan u. Guterrishni tayinlash to‘g‘risidagi rezolyutsiya ovoz bermasdan qabul qilindi.

Tayinlov to‘g‘risida qaror qabul qilingach, Bozkir tashqarida kutayotgan Guterrishni zalga taklif qildi va qasamyod qilish uchun keltirdi.

Guterrish BMT Bosh kotibi lavozimiga yagona nomzod edi. Ilgari uni tashkilot Xavfsizlik Kengashi qo‘llab-quvvatlagan edi. BMT Bosh assambleyasi Xavfsizlik Kengashining tavsiyalari bilan faqat bir marta - 1950 yilda rozi bo‘lmagan.

Ma’lumot uchun, BMT bosh kotibi besh yil muddatga saylanadi.


Maqola muallifi

Teglar

BMT Antoniu Guterrish

Baholaganlar

44

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing