Guterrish Erdo‘g‘anga Putin bilan nimalarni gaplashganini aytib berdi

Olam

image

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish va Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an bugun, 27 aprel kuni telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Turkiya Prezidenti idorasi ma’lum qildi.  

“BMT Bosh kotibi Guterrish muzokaralar chog‘ida Prezident Erdo‘g‘anga Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan Moskvada o‘tkazgan muloqotlari haqida ma’lum qildi”, deyiladi idora xabarida. 

Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning 25 aprel kuni Guterrish Anqarada Erdo‘g‘an bilan uchrashdi. Kecha, 26 aprel kuni u Moskvada Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan muzokaralar o‘tkazdi va Rossiya Prezidenti tomonidan qabul qilindi. Bugun, 27 aprel kuni Ukrainaga ketayotgan Guterrish Polshaning Jeshuv shahriga yetib borgach, BMT Bosh kotibi Polsha Prezidenti Anjey Duda bilan uchrashdi. Shuningdek, uning Ukrainaga borishi va u yerda Tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba va Prezident Vladimir Zelenskiy bilan uchrashishi kutilmoqda. Kiyevdagi asosiy dastur ertaga, 28 aprelga belgilangan.


Maqola muallifi

Teglar

Erdo'g'an Guterrish

Baholaganlar

315

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing