Guterrish dunyoda ocharchilik boshlanmasligi kimga bog‘liqligini aytdi

Olam

image
0:00
0:00
download

Rossiya va Ukrainadagi oziq-ovqat mahsulotlari zudlik bilan jahon bozoriga eksport qilinishi kerak. Bu ko‘plab mintaqalarda halokatning oldini olishga yordam beradi. Bu haqda BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish kecha, 18 iyul kuni tashkilot Bosh Assambleyasining oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha yuqori darajadagi konferensiyasida aytib o‘tdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu yil insoniyat ko‘plab mintaqalarda ocharchilikka duch kelishi va kelgusi yilda vaziyat yanada og‘irlashishi mumkin. Ammo hozirdan birgalikda harakat qilinsa, bu ofatdan qochib qutulish imkoni bor.

Bosh kotibning qo‘shimcha qilishicha, Ukrainadan oziq-ovqat hamda Rossiyadan oziq-ovqat va o‘g‘itlarni jahon bozorlariga zudlik bilan eksport qilishni tiklash, shu orqali ochiq xalqaro savdoni saqlab qolish kerak.

Qayd etish kerakki, tashkilot Bosh kotibi Rossiya Federatsiyasi va Ukrainadan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetkazib berish bilan bog‘liq muammolar hal qilinmasa, dunyo aholisi ocharchilik xavfi ostida qolishi mumkinligidan ogohlantirib kelmoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 13 iyul kuni Istanbulda “Don yo‘lagi” yaratish bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tdi, unda Rossiya Federatsiyasi, Turkiya, Ukraina harbiy delegatsiyalari hamda BMT vakillari ishtirok etdi. Antoniu Guterrish yig‘ilishdan so‘ng Ukrainadan oziq-ovqat mahsulotlarini Qora dengiz orqali xavfsiz va ishonchli eksportini ta’minlash yo‘lida muhim qadam tashlanganini aytdi. 

Shu bilan birga, kecha, 18 iyul kuni Turkiya Mudofaa vaziri Hulusi Akar Qora dengiz orqali Ukrainadagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish uchun “Don yo‘lagi” deb ataladigan koridor yaratish bo‘yicha prinsipial kelishuvlarga erishilganini e’lon qildi.

Abdulvohid Yoqubov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Guterrish

Baholaganlar

296

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing