Guterrish BMT Xavfsizlik Kengashiga yana bir davlat qo‘shishni taklif qildi

Olam

image

BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy a’zolari qatorida Afrikadan vakil bo‘lishi kerak. Bu haqda BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish aytib o‘tdi.

Guterrish Afrika davlatlarining BMT Xavfsizlik Kengashidagi doimiy vakolatxonasi bo‘lishini qo‘llab-quvvatlashini bildirgan.

“Xavfsizlik Kengashining Afrika qit’asidan doimiy a’zo bo‘lishi kerakligini tan olish juda adolatli”, degan u.

Guterrishning aytishicha, BMT Xavfsizlik kengashini isloh qilish butun BMTni isloh qilish uchun zarur.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashi veto huquqiga ega 5 doimiy a’zodan iborat: AQSH, Buyuk Britaniya, Rossiya, Fransiya va Xitoy.


Maqola muallifi

Teglar

BMT Antoniu Guterrish

Baholaganlar

444

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing