Guseyn Gasanovni ko‘rish uchun minglab odamlar yig‘ildi
Jamiyat
−
15 Sentabr 2019
10124Avvalroq, rossiyalik taniqli bloger Guseyn Gasanov O‘zbekistonga kelgani haqida xabar bergan edik. Kecha, 14 sentyabr kuni Qo‘qonda o‘tgan I Xalqaro hunarmandchilik festivalining ochilish marosimida ishtirok etgan Gasanov bugun, 15 sentyabr kuni poytaxtdagi sobiq Telmen, hozirgi “Central Park Tashkent” madaniyat va istirohat bog‘ida o‘zbekistonlik muxlislari bilan uchrashdi.
Uchrashuv soat 13:00 ga belgilanganiga qaramasdan, 10:00 dayoq bog‘ odamlar bilan to‘lgan edi. Tashrif buyurganlarning asosiy qismi yoshlar.
“Central Park Tashkent” rasmiy tadbirlardagi kabi Ichki ishlar xodimlari tomonidan o‘rab olingan edi. Jamoat, qolaversa, rossiyalik mehmonning xavfsizligini ta’minlash maqsadida sahna atrofiga to‘siqlar o‘rnatilgan. Gasanov esa sahna yonigacha avtomobilida kirib kelgan. U Toshkentda avtomobilni o‘zi boshqargan. U harakatlanayotgan avtomobil oldida esa IIV YHXBBga tagishli xizmat avtomobili yo‘l boshlab borgan.
Ma’lumot o‘rnida, Guseyn Gasanov bilan bog‘da bo‘lib o‘tadigan uchrashuv haqida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning kuyovi – Prezident xavfsizlik xizmati raisining birinchi o‘rinbosari – Triatlon federatsiyasi raisi Otabek Umarov ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali xabar bergan edik.
Ma’lum bo‘lishicha, Guseyn Gasanov Otabek Umarovning taklifiga binoan O‘zbekistonga kelgan.
LiveBarchasi