Berdimuhamedov “Do‘zax darvozalari”ni o‘chirishni buyurdi

Olam

image

Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov “Do‘zax darvozalari”ni o‘chirishni buyurdi. Bu haqda “Turkmenportal” nashri xabar bermoqda

Qayd etilishicha, Qoraqum cho‘lidagi 50 yildan beri yonayotgan juda katta miqdorda qimmatbaho gaz atrof-muhitga va yaqin atrofda yashovchi odamlarning sog‘lig‘iga salbiy ta’sir qilyapti. Ushbu kraterda yonayotgan gazdan katta hajmda daromad olish mumkin. 

Shu sabab Berdimuhamedov yoqilg‘i-energetika kompleksi masalalari bo‘yicha mas’ul bo‘lgan Bosh vazir o‘rinbosari Shaxim Abdrahmonovga olimlarni, kerak bo‘lsa, xorijlik mutaxassislarni ham ushbu muammoga jalb qilishni buyurdi.

Ma’lumot uchun, kraterni yopish masalasi ilk bor 2010 yilda Turkmaniston Prezidenti tomonidan ko‘tarilgan.

“Do‘zax darvozalari” 1971 yilda yer osti gazlari to‘plangan joyda paydo bo‘lgan. Krater o‘rnida avval neft platformasi bor edi, ammo u yerosti bo‘shlig‘iga cho‘kib ketgan.  

Kraterdan chiqayotgan gaz odamlar va chorva mollarini zaharlamasligi uchun hukumat unga o‘t qo‘ygan. Lekin taxminlar o‘zini oqlamadi. Shu sabab olov 50 yildan beri yonishda davom etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

krater

Baholaganlar

1246

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing