Gurbanguli Berdimuhamedov oilasi og‘ir judolikka uchradi

Olam

image
0:00
0:00
download

Kecha, 18 aprel kuni Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning otasi Malikguli Berdimuhamedov 89 yoshida vafot etdi. Bu haqda Respublika Davlat axborot agentligi xabar berdi.

Malikguli Berdimuhamedov 1932 yil 12 avgust kuni Geoqtepa atparining Birleshik-1 qishlog‘ida tug‘ilgan. Mehnat faoliyatining dastlabki yillarida u kutubxonachi va o‘qituvchi bo‘lib ishlagan.

Malikguli Berdimuhamedov keyinchalik mamlakat Ichki ishlar vazirligi organlarida ishlab, Toshhovuz, Mari, Ashxobod shaharlarida turli lavozimlarni egallagan, xususan, guruh qo‘mondoni, otryad boshlig‘i bo‘lgan, navbatchilik qismiga, kadrlar bo‘limiga rahbarlik qilgan, shtab boshlig‘i bo‘lgan.

1982 yilda podpolkovnik unvoni bilan iste’foga chiqqach, ko‘p yillar davomida Milliy ta’lim institutida, Pedagogik fanlar ilmiy-tadqiqot institutida, Ashxobod ta’lim boshqarmasida ishlagan, dars bergan.

2012 yil fevralida Turkmaniston Majlisi (parlamenti) qarori bilan, poytaxtdagi 1001-sonli harbiy qismga Malikguli Berdimuhamedov nomi berilgan edi.

2017 yilda Malikguli Berdimuhamedov nomidagi medal ta’sis etilgan va shu yili davlat rahbari o‘z otasiga va uning IIVdagi faoliyatiga bag‘ishlangan “Mardlar Vatanni ulug‘laydi” kitobini taqdim etgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Gurbanguli Berdimuhamedov

Baholaganlar

934

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing