Gunohga qarab hisob-kitob qilinadi – KXDR

Olam

image

KXDR Janubiy Koreyaga qarshi tashviqot kampaniyasi uchun varaqalar tayyorlashni boshladi. Bu haqda Shimoliy Koreya markaziy telegraf agentligi (KMTA) xabar bermoqda.

KMTAning ma’lum qilishicha, Janubiy Koreya hukumatiga “qasos” va’da qilingan "og‘ir vaqtlar" yaqinlashmoqda. Janubda ommaviy tarqatish uchun varaqalar va tashviqot materiallari allaqachon chop etilgan. Turli institutlarning talabalari Shimoliy Koreya chegara zonasiga kirishga ruxsat berilgan zahoti “kurashni” boshlaydi.

"Dushmanlarga qarshi varaqalar matbuotda chop etilmoqda. Janubiy Koreya hukumati ikki yil davomida o‘zlarining ayyor hiyla-nayranglari bilan Shimoliy Koreya xalqlarining barcha umidlarini koreyslararo kelishuvlar orqali masxaralashmoqda... Turli institutlarning yosh talabalari varaqalarni tarqatish uchun keng ko‘lamli kampaniyani boshlashga to‘liq tayyor turibdi. Gunohga qarab hisob-kitob qilinadi", deyiladi KMTA ma’lumotida.

Agentlik, shuningdek, Seul "hatto eng mayda axloqni" ham unutgani va shunga yarasha to‘lov bo‘lishini ma’lum qildi. "Faqat buni o‘z boshlaridan kechirganlarida, buning naqadar yomonligini to‘g‘ri anglashadi", deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 9 iyun kuni KXDR rasmiylari Shimoliy Koreyaga targ‘ibot varaqalarini yuborganiga javoban Janubiy Koreya bilan barcha aloqa vositalarini to‘xtatgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

KXDR

Baholaganlar

284

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing