Gulnora Karimovaning sobiq turmush o‘rtog‘iga tegishli bo‘lgan яна bir ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi
Jamiyat
−
24 may 2019
15762O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimovning qizi Gulnora Karimovaning sobiq turmush o‘rtog‘iga tegishli bo‘lgan O‘zbekistonda Rubicon Wireless Communication MCHJ ko‘chmas mulki sotuvga qo‘yildi. Ma’lum bo‘lishicha, Rustam Madumarov hozirda qarzdor!
Тошкент shahrida joylashgan Rubicon Wireless Communication MCHJ (Perfectum) mamlakatda uyali aloqaga xizmat ko‘rsatadigan yirik tadbirkorlik sub’ektlaridan эди.
O‘zA nashrining ma’lum қилишича, ochiq auksion narxni tushirib borish yo‘li bilan, demping usulida o‘tkazilishi ko‘rsatilgan savdoda mazkur mulkning boshlang‘ich narxi 205.587.016.500.00 so‘m etib belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Gulnora Karimovaning fuqaroviy eri Rustam Madumarovga tegishli bo‘lgan mulk – yagona elektron savdo maydonchasida Тошкент shahrida joylashgan yirik firma – “EDEL VEYS-ALI” mas’uliyati cheklangan jamiyati fondidagi yuz foiz ulushi, debitor-kreditorlari va boshqa turdagi barcha mol-mulklari bilan auksionga qo‘yilgan эди.