Lukashenko “maxfiy” inauguratsiya haqidagi e’tirozlarga javob qaytardi

Olam

image

Joriy yilning 23 sentyabr kuni Belarusda o‘tgan Aleksandr Lukashenkoning inauguratsiya marosimini maxfiy deb bo‘lmaydi. Unda minglab odamlar ishtirok etdi, deb Lukashenkoning Xitoy elchisi bilan uchrashuvda aytgan so‘zlarini keltirmoqda BelTA.

“Belarus qonunlariga ko‘ra biz G‘arb davlatlaridan va umuman hech kimni ogohlantirishga majbur emasmiz. Bu mamlakatimizning ichki ishi. Bilasizmi inauguratsiyaga harbiylar bilan birga 2 mingga yaqin odam taklif qilindi. Amalda buni sir saqlash imkonsiz”, degan Lukashenko.

U inauguratsiya marosimi qonunda belgilangan tartibda o‘tkazilganini ta’kidladi.

“Bizda, menimcha, barcha qonunchilik normalariga amal qilindi. Kim bu haqda bilishi kerak bo‘lsa, bildi”, degan Lukashenko keying safar qo‘shni davlatlar, Polsha va Litvani marosim haqida ogohlantirishga va’da berib.

Shu bilan Lukashenko G‘arb davlatlari haqiqatan inauguratsiya haqida bilmay qolganiga shubha qildi va G‘arb ta’siridagi ba’zi Telegram-kanallarda bu haqda axborot tarqalganini aytib o‘tdi.

“Ularning razvedkasi qani, sereushnik (MRB), nemis razvedkasi qani? Minglab polyaklar bu yerda piyoda yuradi. Ular qayerga qaradi? Qo‘yaver ular o‘zining razvedkachilaridan so‘rasin, nega ular hisob bermagan ekan. Ularning Telegram-kanallariga qarang, u yerda 23-sanada inauguratsiya o‘tkzilishi xabar qilingan, ular bu haqda yozishgan”, degan Lukashenko Xitoy elchisiga.

Ma’lumot uchun, Lukashenkoning inauguratsiyasi 23 sentyabr kuni o‘tkazildi va u haqda oldindan xabar berilmadi. Bu haqda davlat BelTA marosim o‘tganidan keyin, Lukashenko lavozimga kirishgani haqida xabar berdi.

Bunga Yevropa davltlari e’tiroz bildirdi. Belarus muxolifati yetakchisi Svetlana Tixanovskaya maxfiy inauguratsiyadan keyin Lukashenkoning prezidentlik muddati tugaganini ma’lum qildi va o‘zini "belarus xalqi saylagan yagona lider" deb e’lon qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Aleksandr Lukashenko

Baholaganlar

133

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing