Gulnora Karimovaniki bo‘lgan “Sijjak” oromgohi Kasaba uyushmalari federatsiyasiga berildi

Jamiyat

image

Oldin O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimovaga tegishli bo‘lgan “Sijjak” dam olish oromgohi mulk huquqi asosida O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasiga o‘tkazildi. Vazirlar Mahkamasining shuni nazarda tutuvchi tegishli qarori 2024 yilning 27 dekabr kuni qabul qilindi.

Kasaba uyushmalari federatsiyasiga mulk huquqi asosida o‘tkaziladigan bolalar dam olish oromgohlari va dam olish maskanlari ro‘yxati hukumatning 2023 yil 25 martdagi farmoyishi bilan tasdiqlangan. 2024 yil 27 dekabrdagi hukumat qarori bilan ushbu ro‘yxatga “Sijjak” dam olish oromgohi ham qo‘shildi.

Ma’lumot uchun, Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida joylashgan “Sijjak” dam olish oromgohida mehmonxona, bir nechta hovuz, amfiteatr, kottej va boshqa inshootlar mavjud. Ushbu oromgohga 2017 yil 10 fevralda Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati sudi tomonidan sanksiya qo‘yilgan. Keyinroq oromgoh O‘zbekiston Triatlon federatsiyasiga mashg‘ulot bazasi sifatida foydalanish uchun berilishi rejalashtirilgandi. Bu bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori loyihasi ishlab chiqilgandi. 

“Sijjak” dam olish maskani 2020 yil iyun, 2021 yil aprel, 2022 yil aprelda va 2022 yil oktyabr oyida sotuvga qo‘yilgandi. Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2023 yil 14 iyundagi “Bolalarning dam olishlarini tizimli tashkil etish va sog‘lomlashtirish ishlarini yanada takomillashtirishga doir” qarori bilan “Sijjak” xususiylashtiriladigan ob’ektlar ro‘yxatidan chiqarildi


Maqola muallifi

Teglar

Gulnora Karimova Sijjak Kasaba uyushmalari federatsiyasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing