Gulluning o‘limida o‘zining qizi ayblanib, hibsga olindi

Olam

image

Avvalroq, Gullu taxallusi bilan tanilgan turkiyalik mashhur xonanda Gul Tut Yalova viloyatining Chinarjik tumanidagi uyining balkonidan yiqilib, vafot etgani haqida xabar berilgan edi. Mazkur ish doirasida ayblanuvchi sifatida uning qizi hibsga olindi. Bu haqda bugun, 13 dekabr kuni “Akdeniz Gercek” xabar berdi.

Nashrning yozishicha, Yalovada Respublika Bosh prokuraturasi tomonidan olib borilayotgan tergov doirasida “qasddan o‘ldirish” aybi bilan qo‘lga olingan Gulluning qizi Tug‘yan Ulkem Gulter hamda voqea kuni xonada bo‘lgan uning do‘sti Sultan Nur o‘glining sud binosidagi protsessual ishlari yakunlangan.

Gulterning do‘sti Sultan Nur o‘glining prokuraturaga bergan ko‘rsatmalaridan so‘ng, Gulter “qasddan odam o‘ldirish” ayblovi bilan hibsga olingan. Sultan Nur o‘glining o‘zi esa uy qamog‘iga yuborilgan. Tergov doirasida qo‘lga olingan Orif o‘g‘li va yana 2 kishi esa prokuraturadagi ko‘rsatmalaridan so‘ng ozod qilingan.

Shuningdek, Adliya binosiga yuborilishidan oldin tibbiy tekshiruv uchun shifoxonaga olib borilgan Gulter shifoxona oldida uni kutayotgan guruh tomonidan norozilik bildirishi ortidan to‘g‘ridan to‘g‘ri Adliyaga olib ketilgan. Yalova Adliya saroyi oldida kutayotgan odamlar ham Gulterga qarshi shiorlar aytib, norozilik bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, xonanda Gul Tut joriy yilning 26 sentyabr kuni Yalova viloyatining Chinarjik tumanidagi Harmanlar mahallasi, Vali Aki ko‘chasidagi 6 qavatli uyning yopiq tomli terrasidagi derazadan noma’lum sababga ko‘ra yiqilib, vafot etgan edi. Tutning dafn marosimi Istanbulda o‘tkazilgan.

Respublika Bosh prokuraturasi voqea yuzasidan tergov boshlagan. Ma’lum bo‘lishicha, Tutning qizi Gulter va voqea sodir bo‘lgan kuni xonada bo‘lgan do‘sti Sultan Nur bir muddat texnik nazorat ostida bo‘lgan. Ular chet elga ketishga tayyorgarlik ko‘rayotganda Istanbulda qo‘lga olinib, Yalovaga olib borilgan. Sultan Nurning otasi Orif o‘g‘li va yana 2 kishi ham qo‘lga olingan. Keyinroq esa ular qo‘yib yuborilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Gullu Gul Tut Tug'yan Ulkem Gulter

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing