Gulistondan Bo‘stonliqqacha tezyurar poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi

Olam

image

Endi Sirdaryo viloyatining Guliston shahridan Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi Chinorkent bekatigacha tezyurar elektropoyezd qatnaydi. Bu haqda Sirdaryo viloyati hokimligi xabar berdi.

Bildirilishicha, 6 ta vagondan iborat bo‘lgan mazkur elektropoyezdning umumiy sig‘imi 586 yo‘lovchiga mo‘ljallangan.

Ushbu elektropoyezd Gulistondan Chinorkentgacha bo‘lgan masofani 3 soatu 30 daqiqada bosib o‘tadi. Yo‘l haqi Gulistondan Toshkentgacha 20 ming so‘m bo‘lsa, Chinorkentgacha kattalar uchun 40 ming so‘m, bolalar uchun esa 23 ming so‘m. To‘lovni ATTO transport kartasi yordamida to‘lash yoki chiptalarni temiryo‘l chiptaxonalaridan ham xarid qilish mumkin.

Elektropoyezd harakatlanish jadvaliga asosan har kuni qatnaydi. Gulistondan tongi soat 6:11 da yo‘lga chiqsa, Chinorkentdan Gulistonga qarab 15:43 da jo‘nab, 19:00 da Gulistonga yetib boradi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Sirdaryo Guliston Bo'stonliq tezyurar poezd Chinorkent

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing