Gulistondagi portlash bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi
Jamiyat
−
07 Oktabr 2020
11575Avvalroq, bugun, 7 oktyabr kuni soat 08:13 atrofida Sirdaryo viloyati, Guliston shahar, Guliston ko‘chasida joylashgan “Alpomish” sport majmuasida tashkil etilgan koronavirus infeksiyasiga gumon qilingan yoki kasallangan bemorlarga tibbiy yordam ko‘rsatish, saralash va taqsimlash markazida kislorod balloni portlagani haqida xabar bergan edik.
Holat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi rasmiy bayonot berdi. Unda qayd etilishicha, portlash oqabitadi Bosh prokuratura tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 257-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlarini olib borish Sirdaryo viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasiga yuklatilgan.
Tergov harakatlari Bosh prokuratura tomonidan nazoratga olingan.
LiveBarchasi