Gulistondagi avtobekatga o‘t ketdi
3-sahifa
−
14 iyun 2023 5900 1 daqiqa
Sirdaryo viloyati Guliston shahridagi avtobekatda yong‘in chiqdi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, bugun 14 iyun kuni soat 12:40 da Guliston shahar “Bo‘ston” MFYda joylashgan avtobekatning taxminan 10 metr kvadrat maydonida yong‘in sodir bo‘lgan. Yong‘inni bartaraf etish uchun 1 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 12:43 da yetib borib, yong‘in soat 12:47 da to‘liq o‘chirilgan.
Yong‘in oqibatida hech kim tan jarohati olmagan va halok bo‘lmagan. Hozirda yong‘inning taxminiy sababi va zarari aniqlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahri Chilonzor tumanidagi sexda kuchli portlash sodir bo‘lgan edi. Portlash oqibatida bir kishi halok bo‘lib, 16 kishi jarohatlangan.
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr