Gulistonda 16 nafar bog‘cha bolasini Damas’da tashigan haydovchi ushlandi
3-sahifa
−
11:42 410 1 daqiqa
Sirdaryo viloyatining Guliston tumanida 16 nafar bog‘cha bolasini Damas’da olib ketayotgan haydovchi aniqlandi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Sirdaryo viloyatining Guliston tumani hududidan o‘tuvchi avtomobil yo‘llarining birida Damas rusumli transport vositasi 16 nafar bog‘cha tarbiyalanuvchisini olib ketayotganda Yo‘l harakati xavfsizligi xodimlari tomonidan to‘xtatilgan.
Bildirilishicha, aniqlangan qoidabuzarlik yuzasidan haydovchi bilan profilaktik tushuntirish ishlari olib borilgan. Unga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128-8-moddasi (Transport vositasida odam tashish qoidalarini buzish)ga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
“Amaldagi yo‘l harakati qoidalariga ko‘ra, transport vositasida odam soni uning texnik pasportida ko‘zda tutilgan miqdordan ortiq bo‘lsa, bunday holatda odam tashish taqiqlanadi. Biroq avtomobil yo‘llarida ayrim haydovchilar tomonidan ushbu talabga rioya qilmaslik holatlari hanuzgacha uchrab turibdi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida 25 nafar bog‘cha bolasini Damas’da olib ketayotgan haydovchi aniqlangandi.
Live
Barchasi