Guliston shahri O‘zbekistonning “Innovatsion meditsina xabi”ga aylantiriladi
Jamiyat
−
07 aprel 2023
4256Sirdaryo viloyatining Guliston shahri respublikaning “Innovatsion meditsina xabi”ga aylantiriladi. Bu haqda bugun, 7 aprel kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida bo‘lib o‘tgan Sirdaryo xalq deputatlari viloyat kengashi sessiyasida ma’lum qilindi.
Davlat rahbari Sirdaryo aholisi farovonligini yanada oshirishga qaratilgan 5 ta yangi tashabbusni ilgari surgandi. Prezidentning Sirdaryo viloyati bo‘yicha beshinchi tashabbusi doirasida Guliston shahri mamlakatning “Innovatsion meditsina xabi”ga aylantiriladi.
Ma’lum qilinishicha, davlat tibbiy sug‘urtasi, tibbiyotni raqamlashtirish kabi ishlar Sirdaryo viloyatidan boshlangan. O‘zbekistondagi ilk tibbiyot klasteri ham shu yerda barpo etilmoqda. Qo‘shni Qozog‘iston va Tojikistondan har oyda 1,5 ming bemor davolanish uchun Guliston shahriga kelmoqda.
Shu bois, O‘zbekistonning “Innovatsion meditsina xabi”ga aylantirish uchun Guliston shahri tanlab olingan. Davlat rahbari barcha tashabbuslar bo‘yicha mutasaddilarga ko‘rsatmalar bergan.
LiveBarchasi