Sirdaryo O‘zbekistonni 4 mamlakat bilan bog‘laydigan logistika xabiga aylantiriladi
Jamiyat
−
07 aprel 2023
5317Sirdaryo O‘zbekistonni Qozog‘iston, Tojikiston, Xitoy va Afg‘oniston bilan bog‘laydigan yirik logistika xabiga aylantiriladi. Bu haqda bugun, 7 aprel kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida bo‘lib o‘tgan Sirdaryo xalq deputatlari viloyat kengashi sessiyasida xabar qilindi.
Ma’lumki, davlat rahbari Sirdaryo aholisi farovonligini yanada oshirishga qaratilgan 5 ta yangi tashabbusni ilgari surgandi. To‘rtinchi tashabbus doirasida Sirdaryo mamlakatni Qozog‘iston, Tojikiston, Xitoy va Afg‘oniston bilan bog‘laydigan yirik logistika xabiga aylantiriladi.
Buning uchun xitoylik investorlar bilan hamkorlikda respublikaning sharqiy va markaziy qismlarini hamda chet el yo‘nalishlariga bog‘laydigan yangi transport marshrutlari yo‘lga qo‘yiladi va multimodal logistika markazi quriladi.
Bulardan tashqari, ushbu sessiyada yo‘llarni qurish, ta’mirlash va boshqarishga xususiy sektorni jalb qilish ham Sirdaryodan boshlanishi qayd etilgan.