Gukeş juda yaxşi himoyalandi – Sindorov

Sport

−

visibility2747 timer2 daqiqa

image

Özbekistonlik grossmeyster Javohir Sindorov amaldagi jahon çempioni Gukeş Dommaraju bilan şaxmat böyiça jahon çempionligi uçun keçayotgan bahsning birinçi partiyasida raqibi juda yaxşi himoyalanganini aytib ötdi. Bu haqda u birinçi partiyadan keyingi matbuot anjumanida söz oçdi.

“Men biroz bosim ötkazişga muvaffaq böldim va öz ustunligimdan foydalanişga harakat qildim, ammo Gukeş juda yaxşi himoyalandi. Vaziyatni hisobga olgan holda bosimni saqlab qolişga urindim, biroq oxir-oqibat u yaxşiroq yurişlarni topdi”, deydi Sindorov.

Ikki şaxmatçi örtasida keçayotgan mazkur bahs jahon çempionligi tarixidagi eng yoş töqnaşuv hisoblanadi. Şu bois musobaqaga bölgan e’tibor ham yuqori. Biroq Sindorov bu holat uning öyinga bölgan yondaşuviga ta’sir qilmasligiga harakat qilayotganini ta’kidladi.

“Butun şaxmat olami uşbu bahsni kuzatayotganini bilaman. Odatda bu juda katta bosim yuzaga keltiradi, ammo men bu haqda öylamaslikka harakat qilyapman. Faqat öyin zalidagi muhitga könikişga urinyapman. Eng muhimi, yaxşi şaxmat öynaş”, deydi Javohir.

Uçraşuv Jeneva şahrida bölib ötmoqda. Birinçi partiyadan söng hisob 0,5:0,5 körinişida. Bugun, 25 noyabr kuni Toşkent vaqti bilan soat 19:00 da jahon çempionligi uçun keçayotgan bahsning ikkinçi partiyasi bölib ötadi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing