Gruziyaga yangi Bosh vazir tayinlandi

Olam

image

Gruziya Prezidenti Salome Zurabishvili 46 yoshli Irakliy Kobaxidzeni mamlakat Bosh vaziri etib tayinlash haqidagi farmonni imzoladi. Bu haqda Gruziya Prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Gruziya parlamenti deputatlari Bosh vazir Irakliy Kobaxidze boshchiligidagi hukumat tarkibiga ishonch bildiruvchi rezolyutsiyani, shuningdek, hukumat dasturini allaqachon ma’qullagan. Kobaxidzening Gruziya Bosh vaziri lavozimiga ishonch votumini 84 deputat yoqlab, 10 deputat qarshi chiqqan.

Shuningdek, Bosh vazir bilan birgalikda uning kabineti tarkibi ham tuzilgan. 

Unda Ilya Darchiashivli Gruziya Tashqi ishlar vaziri, Lasha Xutsishvili Moliya vaziri, Rati Bregadze Adliya vaziri, Vaxtang Gomelauri Ichki ishlar vaziri etib tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 29 yanvar kuni Gruziya Bosh vaziri Irakliy Garibashvili o‘z lavozimini tark etishini ma’lum qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Gruziya Bosh vazir Irakliy Kobaxidze

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing