Gruziyadagi muxolifat saylov natijalarini tan olishdan bosh tortdi
Olam
−
27 Oktabr
3151Kecha, 26 oktyabr kuni Gruziyada bo‘lib o‘tgan parlament saylovlarida hukmron “Gruziya orzusi” partiyasi jami 3111 ta saylov uchastkasidan 3100 tasi ma’lumotlarini sanab chiqqandan so‘ng 54,08% ovoz yig‘ib, g‘alaba qozondi. Bu haqda bugun, 27 oktyabr kuni Gruziya Markaziy saylov komissiyasi ma’lum qildi.
“Qolgan bir nechta saylov uchastkalari chet elda joylashgan va ma’lumotlar paydo bo‘lishi bilan yangilanadi”, dedi MSK raisi Giorgiy Kalandarishvili.
Markaziy saylov komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, parlamentga to‘rtta asosiy muxolifat bloki ham kiradi – “O‘zgarishlar koalitsiyasi” (10,92 foiz), “Birlashgan milliy harakat” (10,12 foiz), “Kuchli Gruziya” (8,72 foiz) va “Gruziya uchun” (7,76%). Qolgan partiyalar besh foizlik chegaradan o‘ta olmadi.
Biroq exit-poll natijalari qarama-qarshi natijalarni ko‘rsatmoqda. Gruziya televideniyesida avvalroq e’lon qilingan exit-poll ma’lumotlari ovoz berish natijalariga mutlaqo zid bo‘lgan. Mamlakat hokimiyatiga yaqin bo‘lgan “Imedi” telekanali tomonidan e’lon qilingan so‘rov natijalariga ko‘ra, hukmron “Gruziya orzusi” 56,1 foiz, parlamentga kirish uchun 5 foizlik chegaradan o‘tgan uchta muxolifat bloki esa 31,2 foiz ovoz to‘plamoqda. Ayni paytda muxolifatchi “Mtavari” kanali tomonidan e’lon qilingan so‘rov turli natijalariga ko‘ra, "Gruziya orzusi" uchun 42%, muxolifat uchun 48%. “Formula” telekanali ma’lumotlariga ko‘ra, saylovchilarning 40,9 foizi “ Gruziya orzusi”ga, 51,9 foizi muxolifat bloklariga ovoz bergan.
“Gruziya orzusi” asoschisi Bidzina Ivanishvili va muxolifatni qo‘llab-quvvatlovchi Gruziya prezidenti Salome Zurabishvili allaqachon o‘z g‘alabasini e’lon qilgan. “Gruzin orzusi” ofisida osmonga salyutlar otildi.
“Yevropacha Gruziya saylovlarni soxtalashtirishga urinishlariga va diaspora ovozlarini hisobga olmaganiga qaramay, 52 foiz ovoz bilan g‘alaba qozondi. Gruziya demokratiya, yevropachalik va yetuklikni namoyish etdi... Men faxrlanaman va yevropacha kelajagimizga ishonaman!” deb yozdi Zurabishvili X ijtimoiy tarmog‘ida.
Muxolifat hukmron partiyani mag‘lubiyatni tan olishga chaqirmoqda. “Gruziya xalqi Yevropadagi kelajak uchun ovoz berdi”, dedi muxolifatdagi “Birlashgan milliy harakat” partiyasi raisi Tina Bokuchava Reyter agentligiga bergan intervyusida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, partiya yakuniy natijalarni kutmoqda. Partiya raisiga ko‘ra, ko‘pchilik “Gruziya orzusi”ning yetakchilik haqidagi da’volarini o‘ta shubha bilan qabul qiladi.
"Mag‘lubiyatga uchragan odam mag‘lubiyatni tan olish uchun etarlicha oliyjanoblikka ega bo‘lishi kerak", deya qo‘shimcha qildi u.
Gruziyadagi muxolifat partiyalari parlament saylovlari natijalarini tan olishdan bosh tortdi.
"Saylovlar muxolifatdan o‘g‘irlangan. Bu konstitutsiyaviy to‘ntarish va hokimiyatni tortib olish", deydi O‘zgarishlar koalitsiyasi yetakchilaridan biri Nika Gvaramiya.
“Birlashgan milliy harakat” rahbari Tinatin Bokuchava ham hukmron partiyani “saylovlarni o‘g‘irlashda” aybladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Markaziy saylov komissiyasi “Ivanishvilining iflos buyrug‘ini bajargan” (“Gruziya orzusi” partiyasi asoschisi, oligarx Bidzina Ivanishvili) va “g‘alaba va Yevropa kelajagini gruzin xalqidan o‘g‘irlagan”.
Bundan tashqari, 5 foizlik chegaradan o‘tgan muxolifat partiyalari yangi parlamentda ishlashdan bosh tortdi va ichki muzokaralardan so‘ng norozilik namoyishlarini e’lon qildi.
Markaziy saylov komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, Gruziyada parlament saylovlarida saylovchilarning 58,94 foizi – 2 milliondan ortiq fuqaro qatnashgan, ishtirok etgan.
Saylovning yakuniy natijalari bugun, 27 oktyabr kuni ma’lum bo‘ladi.
LiveBarchasi