Gruziyadagi ko‘chki qurbonlari ko‘paydi. Ular orasida chet elliklar ham bor

Olam

image

Gruziyaning Shovi kurorti yaqinidagi ko‘chki joyida qutqaruvchilar qidiruv-qutqaruv ishlarini davom ettirmoqda. Bu haqda respublika IIV matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, ko‘chki oqibatida o‘lganlarning soni 15 nafarga yetgan. Hozirgacha olti qurbonning shaxsi aniqlangan.

“Sputnik Gruziya”ning yozishicha, qurbonlar orasida bir nafar rossiyalik ayol ham bor. Qutqaruvchilar bedarak yo‘qolganlarni qidirishda davom etmoqda.

Gruziya parlamenti raisi Shalva Papushvili boshqa davlatlardan kelgan mahalliy qutqaruvchilarning yordami talab qilinmasligini ta’kidlagan.

Ma’lumot uchun, Shovida yirik ko‘chki 3 avgust kuni sodir bo‘lgan. Oqibatda ko‘priklar va yo‘llar, shuningdek, sayyohlik kottejlari va Sunset Shovi mehmonxonasi shikastlangan. Qutqaruv operatsiyasida 4 ta vertolyot, shuningdek, 400 nafar o‘t o‘chiruvchi va qutqaruvchi ishtirok etmoqda. Hozirgacha 210 kishi evakuatsiya qilingan. 

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Gruziyada 7 avgustni motam kuni deb e’lon qilingani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Gruziya ko'chki Shovi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing