Gruziyada Prezident sudga tortildi. U lavozimidan “uchishi” mumkin

Olam

image

Gruziya Konstitutsiyaviy sudi bugun, 3 oktyabr kuni respublika Prezidenti Salome Zurabishvilining hukumat ruxsatisiz xorijga tashrifi tufayli konstitutsiyani buzganligi haqidagi konstitutsiyaviy taqdimnomani ko‘rib chiqishni boshladi. Sud majlisini mahalliy telekanallar jonli efirda namoyish etmoqda. 

Konstitutsiyaviy sud raisi Merab Turava majlisni ochdi. Taklif muallifi bo‘lgan “Gruziya orzusi – Demokratik Gruziya” hukmron partiyasidan yig‘ilishda siyosiy uyushma rahbari Irakliy Kobaxidze, shuningdek, deputatlar Giorgiy Kaxiani, Anri Oxanashvili va Tengiz Sharmanashvili ishtirok etmoqda. Sudda Prezident manfaatlarini parlamentning sobiq deputati Tamar Chugoshvili va Konstitutsiyaviy sudning sobiq sudyasi Maya Kopaleishvili himoya qiladi. Zurabishvilining o‘zi sudga kelmagan. 

Ikkala tomon ham ishni ochiq ko‘rishni yoqladi. 

Sentyabr oyi boshida Zurabishvili Berlin, Bryussel va Parijga tashrif buyurib, u yerda oliy darajadagi uchrashuvlar o‘tkazdi. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, Gruziya hukumati uning tashrif buyurishiga rozilik bermagan, shuning uchun hukmron partiya uni Gruziya Konstitutsiyasini buzganlikda ayblab, impichment jarayonini boshlagan. Sentyabr oyining oxirida u ruxsatsiz Boltiqbo‘yi mamlakatlariga ham bordi. 

Agar Zurabishvili mamlakatning asosiy qonunini buzgani isbotlansa, parlament uning impichmenti uchun ovoz beradi. Impichmentni 150 deputatdan 100 nafari qo‘llab-quvvatlasa, Zurabishvili lavozimidan chetlashtirilgan deb hisoblanadi. Gruziya konstitutsiyasiga ko‘ra, Prezident tashqi siyosatda vakillik funksiyalarini faqat Vazirlar Mahkamasining roziligi bilan amalga oshirishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Gruziya Salome Zurabishvili

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing