Gruziyada MSK rahbariga bo‘yoq sepgan muxolifatchi jazolandi

Olam

image

Gruziya sudi “Birlik – Milliy harakat” muxolifat partiyasidan Markaziy saylov komissiyasi a’zosi David Kirtadzeni Markaziy saylov komissiyasi rahbari Giorgiy Kalandarishviliga qora bo‘yoq sepgani uchun 500 lari (182 dollar) miqdorida jarimaga tortdi. Bu haqda “Mtavari” xabar berdi.

Qayd etilishicha, David Kirtadze to‘rt yilga MSK a’zoligidan ham mahrum qilingan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 16 noyabr kuni Kirtadze yig‘ilish vaqtida Giorgiy Kalandarishvilini saylov qonunchiligini buzishda ayblab, uning ustiga qora bo‘yoq sepgan edi. Markaziy saylov komissiyasi rahbariga qilingan ushbu harakat tufayli yig‘ilish vaqtincha to‘xtatilgan. Shu kuni Gruziya Ichki ishlar vazirligi David Kirtadzega nisbatan  Gruziya Jinoyat kodeksining 118-moddasi (qasddan sog‘likka kamroq og‘ir zarar yetkazish) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atgan. Ushbu modda bo‘yicha maksimal jazo to‘rt yilgacha ozodlikdan mahrum qilishni nazarda tutadi.  


Maqola muallifi

Teglar

Gruziya muxolifat

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing