Gruziyada maxsus kuchlar va namoyishchilar to‘qnashdi

Olam

image

Bugun, 9 mart kuni Gruziya poytaxti Tbilisidagi parlament binosi yaqinida xorijiy agentlar haqidagi qonun qabul qilinishiga qarshi namoyishchilar yig‘ildi va ularni tarqatib yuborish uchun kelgan maxsus kuchlar bilan to‘qnashdi. 

Qayd etilishicha, namoyishchilar maxsus kuchlarga turli narsalarni uloqtira boshlagan, bunga javoban ularga qarata shovqinli granatalar otilgan. Keyinchalik suv zarbalari va ko‘zni yoshlantiruvchi gaz ishlatilgan.

Namoyishchilar dastlab orqaga chekingan, so‘ngra otishma to‘xtagach, ular yana maxsus kuchlar kordoniga yaqinlashgan. Vaqt o‘tishi bilan havoda gaz konsentratsiyasi oshib, nafas olish tobora qiyinlashib borgani uchun oldingi safda bo‘lish imkonsiz bo‘lib qolgan. 

Shuningdek, maxsus kuchlar uzoq vaqt davomida Rustaveli prospektidagi parlamentga tutash hududda turgan. Huquq-tartibot idoralari xodimlari poytaxtning markaziy xiyobonida namoyishchilarni tarqatishni boshlagan. Ayni vaqtda fuqarolarni hibsga olish davom etmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, kecha, 8 mart kuni Tbilisida norozilik aksiyasi boshlangan edi. Namoyishchilar xorijiy agentlar to‘g‘risidagi qonun Kremldan ko‘chirilgan deb hisoblab, hokimiyat vakillarini rusparastlikda ayblagan. Ular agar bu qonun qabul qilinsa, mamlakatning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishi qiyinlashishidan havotirda. Shuningdek, muxolifatchi siyosatchi Georgiy Vashadze namoyishchilarga murojaat qilib, 9 mart kuni deputatlarning parlamentga kelishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun namoyishchilarni parlamentga kirishga chaqirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Gruziya Tbilisi namoyish

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing