Gruziyada “xorijiy agentlar” qonuniga qarshi chiqqan 60 dan ortiq odam hibsga olindi
Olam
−
01 may
232630 aprel kuni kechqurun Gruziya poytaxti Tbilisida “xorijiy agentlar” to‘g‘risidagi qonun loyihasiga qarshi namoyishga chiqqan 63 kishi hibsga olindi. Bu haqda mamlakat Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, namoyishchilarni tarqatish chog‘ida olti nafar politsiyachi jarohatlangan.
Namoyishchilar parlament binosini to‘sib qo‘yishga uringanidan so‘ng bosim boshlangan. Politsiya maxsus vositalardan, jumladan, suv purkagichlar, qalampir va ko‘zdan yosh oqizuvchi gazdan foydalangan. Ba’zi guvohlar to‘qnashuvlar oqibatida o‘nlab qurbonlar bo‘lganini ham aytgan.
Operatsiya bir necha soat davom etdi – politsiya namoyishchilarni parlament binosi oldidagi maydondan uzoqlashtirdi, biroq ular qo‘shni Rustaveli prospektida qolishdi. Natijada, ertalab soat to‘rtlar atrofida xavfsizlik kuchlari voqea joyini tark etgan.
E’tiborlisi, mitingni tarqatish chog‘ida eng yirik muxolif – "Birlashgan milliy harakat" partiyasi raisi Levan Xabeishvilining burni singan. Bugun, 1 may kuni ertalab Xabeishvili nogironlar aravachasida parlamentga keldi.
Ma’lumot uchun, "xorijiy agentlar" to‘g‘risidagi qonun loyihasi aprel oyining o‘rtalarida Gruziya parlamenti tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilingan edi. Shu bilan birga, Tbilisida muntazam norozilik namoyishlari boshlandi. Gruziya muxolifati qonun loyihasi Rossiyaning "xorijiy agentlar" haqidagi qonunchiligini takrorlashini da’vo qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Gruziya parlamenti “xorijiy agentlar” to‘g‘risidagi qonun loyihasini birinchi o‘qishda ma’qullagandi.
LiveBarchasi