Gruziyada “xorijiy agentlar” haqidagi qonunga qarshi namoyish bo‘ldi

Olam

image

Kecha, 9 aprel kuni Tbilisida hukmron “Gruziya orzusi” partiyasining xorijiy ta’sirning shaffofligi to‘g‘risidagi qonunni qabul qilish rejalariga qarshi namoyish bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Georgia Today” xabar berdi.

Muxolifat partiyalari hujjatni "Rossiya qonuni" deb ataydi. “Ozodlik marshi” aksiyasida 10 mingga yaqin kishi qatnashdi. Kortej Respublika maydonidan boshlandi. 

“Yevropaga ha! Yo‘q – Rossiya qonunlariga!” deb hayqirgan namoyishchilar.

Namoyish respublika parlamenti binosida yakunlandi.

Ma’lumot uchun, bu qonun o‘tgan yili “Gruziya orzusi”ning sobiq deputatlari tomonidan asos solingan “Xalq kuchi” ijtimoiy harakati tomonidan ko‘rib chiqish uchun parlamentga taqdim etilgan. Qonun loyihasi matnida mamlakatda 20 foiz moliyalashtirishni xorijiy homiylardan oladigan nodavlat notijorat tashkilotlari va ommaviy axborot vositalarini o‘z ichiga olishi kerak bo‘lgan reyestr yaratish ko‘zda tutilgan. Reyestrga kiritilgan tashkilotlar va jismoniy shaxslar ham soliq deklaratsiyasini taqdim etishlari kerak edi, bundan tashqari, ularga davlat organlaridan har qanday ma’lumot olish taqiqlanishi ko‘zda tutilgan edi. Qonun loyihasi parlamentda birinchi o‘qishda ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilindi. Biroq bu mamlakatda ommaviy norozilik to‘lqiniga olib keldi, shundan so‘ng hujjatning keyingi muhokamasi kun tartibidan olib tashlandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq hukmron “Gruziya orzusi” partiyasi ijrochi kotibi Mamuka Mdinaradze hukumat xorijiy agentlar haqidagi qonunni ko‘rib chiqishga qaytishini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Gruziya xorijiy agentlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing