Gruziyada dahshatli ko‘chki kurort zonaga yopirildi (video)

Olam

image

Gruziyaning Shovi kurort hududi yaqinida ko‘chki sodir bo‘ldi. Oqibatda 11 kishiga halok bo‘ldi. Bu haqda respublika Mudofaa vazirligiga tayanib, “Sputnik Gruziya” xabar berdi.

Ko‘chki oqibatida elektr uzatish liniyalari, ko‘priklar va yo‘llar, shuningdek, sayyohlik uylari va mehmonxona zarar ko‘rgan. Ofat  hududidan 210 nafar sayyoh va mahalliy aholi vertolyotlar va maxsus texnika yordamida xavfsiz joyga evakuatsiya qilingan. Hududda qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, ko‘chki 5 million kub metrdan ortiq maydonni harakatga keltirgan. Geolog Merab Gaprindashvilining ta’kidlashicha, G‘arbiy Gruziyada hech qachon bunday ko‘lamli kataklizmlar bo‘lmagan.

Fojia munosabati bilan 7 avgust Gruziyada motam kuni deb e’lon qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Gruziya ko'chki Shovi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing