Gruziyada Hukumat va muxolifat kelishuv imzoladi
Olam
−
20 aprel 2021
2860Gruziyada Hukumat va muxolifat vakillari siyosiy inqirozdan chiqish bo‘yicha kelishuvni imzoladi.
Tadbir mamlakat Prezidentining Tbilisidagi qarorgohida bo‘lib o‘tgan.
Shartnomalarni Yevropa Kengashi prezidenti Sharl Mishel taklif qilgan.
"Bugun juda muhim kun, bu barcha muammolarni hal qilish uchun yangi, tinch yo‘lning boshlanishidir", degan mamlakat Prezidenti Salome Zurabishvili.
"Gruziyaga yo‘l" deb nomlangan ushbu kelishuv parlamentda davom etadigan va Gruziyaning rivojlanishiga asos bo‘ladigan yangi bobning boshlanishini anglatadi", degan Yevropa Ittifoqining Gruziyadagi elchisi Karl Xarsel.
Ma’lumot o‘rnida, Gruziyadagi siyosiy inqiroz aksariyat muxolifat partiyalari saylovdagi firibgarlikni da’vo qilib, parlamentdagi o‘rinlarini tark etgandan keyin boshlangan.
Eslatib o‘tamiz, Gruziyaning "Birlashgan milliy harakat" muxolifat partiyasi raisi Nika Meliya joriy yilning fevral oyida garov puli to‘lamagani uchun hibsga olingan. Meliyaning o‘zi sudning hibsga olish to‘g‘risidagi qarorini ixtiyoriy ravishda bajarishdan bosh tortganini ma’lum qilgandi. Ushbu sud jarayoni esa mamlakatda siyosiy inqirozni keltirib chiqargandi.
LiveBarchasi