Gruziya Prezidenti “xorijiy agentlar” haqidagi qonunga veto qo‘ydi
Olam
−
18 may
5205Gruziya Prezidenti Salome Zurabishvili bugun, 18 may kuni Gruziya parlamenti uchinchi o‘qishda qabul qilgan “Chet el ta’sirining ochiqligi to‘g‘risida”gi qonunga veto qo‘ydi. Bu haqda u brifingda ma’lum qildi.
"Bugun men “Rossiya” qonuniga veto qo‘ydim. Bu bizning konstitutsiyamizga va barcha Yevropa standartlariga zid keladi va shuning uchun bizning Yevropa yo‘limiz uchun to‘siqdir. Bu veto qonuniy jihatdan to‘g‘ri va bugun parlamentga taqdim etiladi. Ushbu qonun hech qanday o‘zgartirish yoki yaxshilanishlarga duch kelmaydi, shuning uchun veto juda oddiy. Bu qonunni bekor qilish kerak", deydi Zurabishvili.
Ma’lumot uchun, “Xorijiy ta’sirning ochiqligi to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ko‘rib chiqish aprel oyida boshlangan. O‘shandan beri Gruziyada keng ko‘lamli namoyishlar bo‘lib o‘tmoqda. Bir necha marta ular xavfsizlik kuchlari bilan to‘qnashuvga aylangan. Qonunga AQSH, Yevropa Ittifoqi, BMT, NATO, YXHT va Yevropa Kengashi qarshi chiqmoqda. Yevropa yetakchilari bu qonun Yevropa qadriyatlariga zid ekanini aytadi. Gruziyaning hukmron partiyasi yetakchilarining ta’kidlashicha, u faqat nodavlat sektor va ommaviy axborot vositalarining xorijdan moliyalashtirilishi shaffofligini ta’minlashga xizmat qiladi.
LiveBarchasi