Gruziya parlamenti namoyishlarga sabab bo‘lgan qonun loyihasini ma’qulladi

Olam

image
Gruziya parlamentida deputatlar mushtlashib ketdi (video) north_east

Gruziya parlamentida deputatlar mushtlashib ketdi (video)

Gruziya parlamenti “xorijiy agentlar” to‘g‘risidagi qonun loyihasini birinchi o‘qishda ma’qulladi. Bu haqda “Rustavi 2” telekanali xabar berdi.

Hujjatni qabul qilish uchun 83 deputat ovoz berdi, birortasi ham qarshi ovoz bermadi. Ovoz berishda faqat parlamentdagi ko‘pchilik vakillari ishtirok etgan. Muxolifatdagi partiyalar vakillari jarayonda qatnashmagan.

“Gruziya Onlayn”ning yozishicha, qonun loyihasi muhokamasi chog‘ida parlament raisi Shalva Papuashvili muxolifat deputatlari – Levan Xabeishvili, Giorgiy Vashadze, Tina Bokuchava va Ana Natsvlishvilini zaldan chiqarib yuborgan. Hukmron “Gruziya orzusi” partiyasi deputatlari muxolifat deputatlari nutqini hayqiriqlar bilan qarshi olgan. Parlamentdagi ko‘pchilik a’zolarining chiqishi vaqtida esa muxolifat deputatlari stollarni taqillatib: “Rossiya qonunchiligiga yo‘q!” deya hayqirgan.

Qayd etish joizki, “Xorijiy ta’sirning shaffofligi to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ikkinchi bor hukmron “Gruziya orzusi” partiyasi tomonidan taqdim etildi. U 2023 yil mart oyida keng tarqalgan noroziliklardan keyin uni qaytarib olgandi. Qonun loyihasining yangi tahririda ular "xorijiy ta’sir agenti" atamasini "xorijiy davlat manfaatlarini ko‘zlayotgan tashkilot" bilan almashtirishga qaror qildi, ammo boshqa jihatlarda u qaytarib olingan hujjatni takrorlaydi. Qonun loyihasida “xorijiy agentlar” reestrini yaratish ko‘zda tutilgan, unda 20 foizdan ortiq xorijdan moliyalashtiriladigan barcha notijorat yuridik shaxslar va ommaviy axborot vositalari ko‘rsatiladi. Ular yillik moliyaviy hisobotni e’lon qilishlari kerak bo‘ladi.

Muxolifatga ko‘ra, qonun loyihasi "xorijiy agentlar" haqidagi Rossiya qonunchiligini takrorlaydi.

Yangi qonun loyihasining muhokamasi ham norozilik bilan kechmoqda. Bundan tashqari, 15 aprel kuni qonun loyihasini ko‘rib chiqish parlamentdagi mushtlashuv tufayli to‘xtatildi — nutqi chog‘ida “Gruziya orzusi” partiyasi ijrochi kotibi Mamuka Mdinaradzega muxolifatdagi “Fuqarolar” partiyasi yetakchisi Aleko Elisashvili hujum qildi.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 16 aprel kuni Tbilisidagi parlament binosi yonida norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tgan, 14 kishi hibsga olingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Gruziya xorijiy agent

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing