Kurs UZS

USD

12 909.64

-28.56

EUR

14 908.05

197.32

RUB

159.75

0.24

Gruziya muxolifati yetakchisi hibsga olindi

Olam

image

Gruziya politsiyasi kecha, 2 fevral kuni yangi parlament saylovlarini talab qilgan minglab namoyishchilar poytaxt Tbilisi chekkasidagi avtomagistralni qisqa muddatga to‘sib qo‘ygani uchun hukumatga qarshi namoyishchilarni hibsga oldi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Nashr muxbirining aytishicha, hibsga olinganlar orasida mamlakatdagi eng yirik muxolifat partiyasi – “O‘zgarish uchun koalitsiya” yetakchisi Nika Meliya ham bor. Mahalliy nashrlar Tbilisining sobiq meri Giorgiy Ugulava ham hibsga olinganini xabar qilmoqda.

Qayd etish joiz, hukmron “Gruziya orzusi” partiyasi Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lish bo‘yicha muzokaralarni 2028 yilgacha to‘xtatib qo‘yishini aytgan noyabr oyidan beri muxolifat mitinglar o‘tkazmoqda. “Gruziya orzusi” 2024 yil oktyabr oyidagi bahsli (muxolifat partiyalariga ko‘ra, soxtalashtirilgan) saylovlarda hokimiyatni saqlab qoldi. Hukumat ovoz berish adolatli va erkin o‘tganini aytadi.

Namoyishlar so‘nggi haftalarda pasaygan edi, biroq kecha, 2 fevral kuni Tbilisining shimoliy chekkasidagi savdo markazi oldida minglab olomon yig‘ilib, shahardan tashqariga chiqadigan yo‘lni qisqa muddatga to‘sib qo‘yganidan so‘ng, ular yana kuchaygan.

Ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan tasdiqlanmagan videolarda o‘nlab politsiyachilar ko‘chalarda namoyishchilarni kaltaklagani, boshqalari esa yarador namoyishchilarni tez yordam mashinalariga olib ketayotgani aks etgan.

2 fevral kuni ertalab Ichki ishlar vazirligi namoyishchilarni avtomobil yo‘lini to‘sib qo‘yish jinoiy huquqbuzarlik ekani haqida ogohlantirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Gruziya Tbilisi muxolifat

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing