Gruziya Konstitutsiyaviy sudiga Prezidentning impichmenti bo‘yicha so‘rov yuborildi

Olam

image

Gruziya Prezidenti Salome Zurabishviliga impichment e’lon qilinganligi haqidagi hujjatlar 11 sentyabr, seshanba kuni mamlakat Konstitutsiyaviy sudiga topshirildi. Bu haqda hukmron “Gruziya orzusi” partiyasi raisi Irakliy Kobaxidze ma’lum qildi.

Uning aytishicha, Konstitutsiyaviy sud bir oy muddatda jamoatchilik va parlamentga o‘z xulosasini taqdim etishi kerak.

"Albatta, biz bu xulosani kutamiz va shundan keyin protseduralar davom etadi", degan Kobaxidze.

Eslatib o‘tamiz, Gruziyada hukmron “Gruziya orzusi” partiyasi tashabbusi bilan Prezident Salome Zurabishviliga qarshi impichment jarayoni boshlangan edi. Prezidentning o‘zi esa iste’foga chiqmasligini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Prezident Gruziya impichment Salome Zurabishvili

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing