Gruziya elchisi Ukrainani tark etdi

Olam

image

Ukraina hukumati tomonidan respublikaning sobiq prezidenti Mixail Saakashvilining sog‘lig‘i bilan bog‘liq vaziyat tufayli mamlakatni tark etishga buyruq berilgan Gruziyaning Ukrainadagi elchisi Georgiy Zakarashvili Tbilisiga yo‘l oldi. Bu haqda Gruziyaning “Interpressnews” agentligi respublika Tashqi ishlar vazirligiga tayanib xabar berdi. 

Diplomat Gruziyaga qachon kelishi hozircha noma’lum. 

Gruziya Tashqi ishlar vazirligi Zelenskiyning Saakashvilini topshirish bo‘yicha maslahatlashish uchun Gruziya elchisini vataniga yuborish to‘g‘risidagi qarorini "ichki ishlarga aralashish" deb atagan. 

Ma’lumot uchun, Saakashvili 2013 yilda Gruziyani tark etgan, shundan so‘ng mamlakatda unga qarshi to‘rtta jinoiy ish ochilgan, shundan ikkitasida siyosatchi sirtdan uch va olti yillik qamoq jazosiga hukm qilingan. 2021 yil oktyabrt oyida Saakashvili Gruziyaga yashirincha kelganida hibsga olingan. 2022 yil may oyida sog‘lig‘i yomonlashgani sababli u Tbilisidagi "Vivamed" xususiy klinikasiga olib o‘tilgan va u shu kungacha o‘sha yerda qolmoqda. Gruziya rasmiylari Saakashvili qamoqdan chiqish uchun o‘zini og‘ir ahvolda deb ko‘rsatmoqda, deb hisoblamoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 3 iyul kuni Saakashvili Tbilisi shahar sudining 2007 yildagi mitingni tarqatib yuborish ishi bo‘yicha yig‘ilishida shifoxonadan videoaloqa orqali ishtirok etgandi. Videoda sobiq prezident ozib ketgani ko‘rinadi. Keyinroq Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Tashqi ishlar vazirligiga Gruziya elchisiga qo‘ng‘iroq qilib, Ukraina fuqaroligiga ega bo‘lgan Saakashvili masalasi bo‘yicha maslahatlashish uchun 48 soat ichida mamlakatni tark etish haqida buyruq berishni topshirdi. Gruziya Tashqi ishlar vazirligi Kiyev qarorini diplomatik munosabatlarni keskinlashtirish, shuningdek, suveren davlatning ichki ishlariga aralashishning ekstremal shakli deb atadi.


Maqola muallifi

Teglar

Gruziya Georgiy Zakarashvili

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing