Gruziya bug‘doy va arpa eksportini taqiqladi

Olam

image

Gruziya joriy yilning 4 iyulidan boshlab mahalliy fermerlar tomonidan ishlab chiqarilgan bug‘doy va arpa eksportini taqiqlaydi. Bu haqda TASS Gruziya Atrof-muhitni muhofaza qilish va qishloq xo‘jaligi vazirligi Matbuot xizmatiga tayanib, xabar berdi.

“Viloyatda yuzaga kelgan vaziyatni hisobga olib, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash maqsadida mahalliy fermerlar tomonidan ishlab chiqarilgan bug‘doy va arpani faqat ichki bozorda sotish muhim ahamiyatga ega. Shu sabab, hukumat joriy yilning 4 iyulidan 2023 yilning 4 iyuliga qadar Gruziyada ishlab chiqarilgan bug‘doy va arpa eksportini taqiqlash to‘g‘risida qaror qabul qildi”, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, eksport taqiqi Gruziyada ishlab chiqarilgan makkajo‘xoriga ta’sir qilmaydi. Hozirda Gruziyadan Iroq va Eronga arpa eksport qilinmoqda. Joriy yilda respublikada 60 ming tonna arpa hosili rejalashtirilgan bo‘lib, uning 2,5 ming tonnadan ortig‘i eksport qilindi. Bug‘doyga kelsak, Gruziya har yili 650 ming tonnagacha g‘alla eksport qiladi.

Ma’lumot uchun, avvalroq, Hindiston bug‘doy eksportini uning narxi oshishi sababli cheklashga qaror qilgan edi. Mazkur qarordan qabul qilinganidan ikki kun o‘tib Yevropada bug‘doy narxi bir tonna uchun 438,25 yevroni tashkil qilib, rekord o‘rnatgandi. Bundan tashqari Rossiya ham ichki ta’minotni bahona qilib, bug‘doy eksportiga taqiq qo‘ygan.


Maqola muallifi

Teglar

Gruziya bug'doy

Baholaganlar

108

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing