Gruziya Bosh vaziri lavozimiga Mixail Saakashvili nomzodi ko‘rsatildi

Olam

image

Gruziyaning sobiq Prezidenti Mixail Saakashvili nomzodi mamlakat Bosh vaziri lavozimiga ko‘rsatildi. Saakashvili asos solgan “Yagona milliy harakat” muxolif partiyasi shunday taklif bilan chiqdi.

“Yagona milliy harakat va muxolifatga kiruvchi barcha partiyalar Saakashvili nomzodini Gruziya Bosh vaziri lavozimiga ilgari surish haqida qaror qabul qildi”, degan partiya raisi Grigol Vashadze.

27 avgust kuni Saakashvili Gruziyaga qaytish niyatida ekanini ma’lum qilgandi. mamlakatda 31 oktyabr kuni parlament saylovlari o‘tkaziladi. U o‘tgan sargardonlik yillari davomida tajribasi oshgani va endi mamlakatiga yanada yaxshi xizmat qilishi mumkinligini ham qo‘shib o‘tgandi.

Siyosatchi Ukrainani o‘zining “ikkinchi uyi” deb atadi va mamlakat uni hech qanday shart va talablarsiz boricha qabul qilganini eslab o‘tdi.

Ukraina Prezidenti ofisida Saakashvili mamlakatdagi ishini davom ettirishiga umidbildirishyapti.

Gruziya Adliya vaziri Teya Sulukiani Saakashvalini Vatanida qamoq jazosi kutayotganini ma’lum qidi.

Siyosatchi Rostislava Ishenkoning so‘zlariga ko‘ra, Saakashvilini Gruziyada 25-30 foiz aholi qo‘llab-quvvatlaydi. 

“Saakashvilinining tarafdorlari uning hibsga olinishiga qarshilik ko‘rsatishi mumkin, biroq ular bunga erishishlari dargumon. U har qanday vaziyatda panjara ortiga tushadi – gruziyaliklar sobiq prezidentga erkinlikda bamaylixotir yurishiga yo‘l qo‘ymasliklarini aytishgan. Ular uchun eng maqbul variant – Saakashvilining buyog‘iga ham emmigratsiyada qolishi hisoblanadi”, deb ta’kidlab o‘tdi ukrainalik va rossiyalik siyosatshunos Rostislav Ishchenko.

Saakashvili Gruziya Prezidenti lavozimini 2004 yil yanvardan 2013 yil noyabrgacha egallagan. U Vatanini prezidentlik vakolatlari tugashiga bir necha kun qolganda 2013 yilda tark etgan. Shundan keyin unga Gruziyada 4 ta jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Ulardan ikkitasi bo‘yicha sirtdan hukm chiqarib bo‘lingan. Ularga ko‘ra sobiq Prezidentni Vatanida 11 yillik qamoq jazosi kutmoqda. 2015 yilda Saakashvili Gruziya fuqaroligidan mahrum etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Gruziya Mixail Saakashvili

Baholaganlar

125

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing