Gruziya Bosh vaziri iste’foga chiqdi
Jamiyat
−
02 Sentabr 2019
3386Bugun, 2 sentyabr kuni Gruziya Bosh vaziri Mamuka Baxtadze iste’foga chiqqanini ma’lum qildi.
“Gruziya Bosh vaziri lavozimida mamlakatimiz manfaatlari uchun xizmat qilish katta mas’uliyat va g‘urur edi. Men “Gruziya orzusi” (yetakchi partiya) a’zosi bo‘lganman va bu o‘zgarmaydi, shuningdek, mamlakatimizning sodiq askari bo‘lib qolaman”, degan Baxtadze ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Baxtadze o‘zidan avvalgi Bosh vazir Georgiy Kvirikashvilining xizmatlar uchun minnatdorlik bildirib, o‘zidan keyingi Hukumat rahbariga omad tiladi.
Baxtadze 2018 yilning iyun oyida Gruziya Bosh vaziri bo‘lgandi. Ungacha mamlakatning Moliya vaziri lavozimida faoliyat yuritgan.
Gruziya Konstitutsiyasiga ko‘ra,Bosh vazir iste’foga chiqqach, butun Hukumat avtomatik tarzda u bilan lavozimini tark etadi. Ammo yangi Boshvazir va Hukumat tasdiqlanmaguncha, o‘z vazifasini bajarishda davom etadi.
Qonunchilik organi bu masalani ikki haftada kshrib chiqadi. Baxtadzening o‘rinbosari hozircha noma’lum. Biroq gruzin OAV vitse-Bosh vazir, Ichki ishlar vaziri Georgiy Gaxariya Hukumatningg yangi rahbari bo‘lishini taxmin qilyapti.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning iyun oyida Gruziyada xalq norozilik aksiyalari avj olgandi. Bunga rossiyalik deputatning Gruziya parlamenti spikeri o‘rniga o‘tirib, rus tilida gapirgani sabab bo‘lgan. Buning ortidan Gruziya parlamnt spikeri Irakliy Kobaxidze iste’foga chiqqandi. Biroq namoyishchilar shu bilan tinchimay, Hukumatning ham iste’foga chiqishi va muddatidan avval saylov o‘tkazilishini talab qilayotgandi.
LiveBarchasi