Gretsiyadagi pechene fabrikasida yong‘in chiqdi. Qurbonlar bor (video)
Olam
−
26 yanvar 917 2 daqiqa
Bugun, 26 yanvar kuni Gretsiyaning markaziy qismidagi Trikala shahri yaqinidagi pechene fabrikasida portlash sodir bo‘ldi. Oqibatda uch kishi halok bo‘ldi va yana ikki kishi bedarak yo‘qoldi. Bu haqda o‘t o‘chirish xizmatiga tayanib, “Reuters” xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘inni o‘chirish uchun 40 ga yaqin o‘t o‘chiruvchi va 13 ta yuk mashinasi jalb etilgan. Yong‘in kuchliligidan osmon qalin qora tutun bilan qoplangan. Fabrika rahbari Violanta Sa yong‘in sababi noma’lum ekanini aytgan.
“Hozirda biz faqat o‘z xodimlarimiz haqida qayg‘uramiz. Biz ular va ularning oilalarini qo‘llab-quvvatlaymiz va ularni qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilamiz”, deydi Violanta.
Yong‘in xavfsizligi xizmatining izohlashicha, zavoddagi 13 kishidan sakkiz nafari qochishga muvaffaq bo‘lgan, uch kishining jasadi topilgan va yana ikki kishi bedarak yo‘qolgan. Tergovchilar va favqulodda vaziyatlarga bo‘linmalari voqea joyiga zudlik bilan yetib borgan.
Sog‘liqni saqlash vaziri Adonis Georgiadisning so‘zlariga ko‘ra, mahalliy shifoxonaga yotqizilgan bemorlar orasida olti nafar o‘t o‘chiruvchi ham bor. Ularga asosan nafas olish muammolari tashxisi qo‘yilgan, ammo ularning hayoti xavf ostida emasligi bildirilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Pokistondagi savdo markazida yirik yong‘in chiqqani haqida xabar berilgandi. Oqibatda 5 kishi halok bo‘lgan va 18 kishi jarohat olgandi.
Live
Barchasi